
- 0
- 14.04.2026 18:55:00
- 1 min read
So‘nggi paytlarda chet el raqamlaridan kelayotgan qo‘ng‘iroqlar ko‘paygan. Tahlillarga ko‘ra, bunday qo‘ng‘iroqlar oddiy SIM-kartadan emas, balki internet va maxsus dasturlar orqali amalga oshiriladi.
Mutaxassislar bu holatlarda qo‘ng‘iroq manbasini aniqlash qiyinligini, chunki ular vaqtinchalik va soxtalashtirilgan raqamlar ekanini ta’kidladi.
❗️ DXX quyidagi xavflarni eslatdi:
🔹 bunday raqamlarga qayta qo‘ng‘iroq qilish mablag‘ yechilishiga olib keladi;
🔹 firibgarlar o‘zini tashkilot xodimi deb tanishtirib, shaxsiy va bank ma’lumotlarini so‘rashi mumkin;
🔹 qo‘ng‘iroqqa javob berish raqamingiz “faol” ekanini bildiradi va hujumlar sonini oshiradi;
🔹 ovozingiz yozib olinib, keyinchalik sun’iy intellekt orqali soxtalashtirilishi mumkin.
Fuqarolarga shubhali raqamlarga javob bermaslik, qayta qo‘ng‘iroq qilmaslik, ularni bloklash va shaxsiy ma’lumotlarni oshkor qilmaslik tavsiya etildi.