Parijda o‘g‘irlangan bankirning ulushi qisqardi

Parijda o‘g‘irlangan bankirning ulushi qisqardi
  • 1
  • 25.12.2025 08:51:00
  • 1 min read

“Anorbank” aksiyadorlari va bankka affillangan shaxslar roʻyxatida oʻzgarishlar amalga oshirildi. Bankning asosiy aksiyadori Qahramonjon Olimovning ulushi 99,38 foizdan 49,38 foizgacha kamaydi. Natijada bankning 400 million dona aksiyasi boshqa shaxslarga o‘tkazildi.
Shu bilan birga, Niderlandiyada ro‘yxatdan o‘tgan Bekamin B.V. kompaniyasi “Anorbank” ning affillangan shaxslari ro‘yxatiga kiritildi va 400 million dona aksiyaga ega yirik xorijiy aksiyadorga aylandi.

Avvalroq, 23-iyun kuni Parij shahrida “Anorbank” ning o‘sha paytdagi yagona egasi bo‘lgan 48 yoshli tadbirkor Qahramonjon Olimov o‘g‘irlab ketilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Bank rasmiy bayonotida mazkur hodisa shaxsiy va korporativ faoliyatga aloqador emasligi, shuningdek, bankning operatsion faoliyati va moliyaviy barqarorligiga ta’sir ko‘rsatmasligi ta’kidlangan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News