
- 0
- 10.04.2026 17:11:00
- 1 min read
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti bilan Buxoroda o‘tkaziladigan oliy darajadagi muzokaralar yuzasidan Buxoroga jo‘nab ketdi. Qayd etilishicha, Qosim-Jomart Toqayev joriy yilning 11-aprel sanasida mamlakatimizga tashrif buyuradi. Muzokarada O‘zbekiston – Qozog‘iston do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, yetakchilar tovar ayirboshlash hajmini oshirish, sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish, transport, energetika, suv va ekologiya sohalarida qo‘shma loyiha va dasturlarni ilgari surish hamda madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirish masalalarini muhokama qiladilar. Tashrif chog‘ida birgalikda tarixiy obidalarni ziyorat qilish, sanoat korxonalari faoliyati va mahsulotlar ko‘rgazmasi bilan tanishish ham rejalashtirilgan.