
- 7
- 31.10.2025 16:27:00
- 1 min read
“One Piece” anime seriyasidagi bayroq Osiyoning bir qator mamlakatlarida yoshlar noroziligining ramziga aylandi. Bayroqdagi sariq shlyapali bosh suyak tasviri mashhur yapon animesidagi qaroqchilar jamoasining belgisi bo‘lib, ular avtoritar tuzumga qarshi kurashadi va ozodlikni himoya qiladi.
U ilk bor iyul oyida Indoneziyada korrupsiyaga qarshi namoyishlar paytida ko‘tarilgan. Bayroq maydonlarda, uylarning devorlarida, yuk mashinalarida va qayiqlarda paydo bo‘lgan. Hukumat bu ramzdan jiddiy g‘azablangan — ayrim rasmiylar bayroqni xiyonat ramzi sifatida baholagan.
Keyinchalik “One Piece” bayrog‘i boshqa mamlakatlarga ham yoyildi. Nepalda u Z avlodi tomonidan hukumatga qarshi o‘tkazilgan noroziliklarda ishlatilib, ozodlik uchun kurash ramziga aylandi. Ijtimoiy tarmoqlarda esa bu bayroq “yangi, adolatli dunyo tartibi”ga bo‘lgan umid va erkinlik istagining timsoliga aylangan.