
- 3
- 09.04.2026 09:44:00
- 1 min read
Flinders universiteti olimi Kori Bredshou boshchiligidagi tadqiqotchilar hisob-kitobiga ko‘ra, insoniyat hozirgi iste’mol darajasi bilan Yerning barqaror ta’minlay oladigan aholi sonidan allaqachon oshib ketgan. Tadqiqotga ko‘ra, sayyora uchun maqbul ko‘rsatkich taxminan 2,5 milliard kishi bo‘lsa, bugungi kunda bu raqam 8,3 milliarddan oshgan.
Mutaxassislar maksimal chegara 12 milliard atrofida bo‘lishi mumkinligini aytmoqda, biroq bu ochlik, kasalliklar va mojarolar xavfini keskin kuchaytiradi. Prognozlarga ko‘ra, Yer aholisi 2060–2070-yillarda eng yuqori cho‘qqiga chiqadi.
Olimlar ogohlantirishicha, resurslardan foydalanish va iste’mol darajasi o‘zgarmasa, sayyora jiddiy ekologik va ijtimoiy muammolarga duch keladi.