
- 0
- 11.03.2026 08:05:00
- 1 min read
10-mart soat 07:00 holatiga ko‘ra O‘zbekistonga Yaqin Sharq davlatlaridan qaytarilgan fuqarolar soni 25 047 nafarga yetdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.
Ularning:
21 017 nafari — Saudiya Arabistonidan
3 555 nafari — Birlashgan Arab Amirliklaridan
47 nafari — Erondan
394 nafari — Qatardan
27 nafari — Bahrayndan
7 nafari — Ummondan qaytarilgan.
Ma’lum qilinishicha, fuqarolarni vatanga qaytarish jarayoni bosqichma-bosqich davom etmoqda va asosan fuqarolik aviatsiyasi uchun havo hududi ochiq bo‘lgan davlatlar orqali amalga oshirilmoqda.