Kunning eng samimiy videosi: mashinistlar bolalarning orzusini ro‘yobga chiqardi

Kunning eng samimiy videosi: mashinistlar bolalarning orzusini ro‘yobga chiqardi
  • 0
  • 10.04.2026 10:02:00
  • 1 min read

Qoraqalpog‘istonda temiryo‘l yaqinida yashovchi oilaning farzandlari har safar poyezd o‘tganda yo‘l chetiga chiqib, uni hayajon bilan kuzatib turishar ekan. Bir necha kun oldin ularning otasi Instagram’da video joylab, mashinistlardan shu hududdan o‘tayotganda signal berishni so‘ragan. Video tarmoqda mashhur bo’lib ketgach, mashinistlarga yetib bordi.
Natijada poyezdlar endi ularning uyi yonidan o‘tganda signal berib, kichkintoylarning quvonchiga sabab bo‘lmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News