
- 0
- 04.02.2026 09:31:00
- 1 min read
2025-yil noyabrda Bolalar kontentini rivojlantirish markazi direktori Jahongir Ahmedov va “The Lion King” (“Qirol sher”) multfilmi rejissyori Rob Minkoff uchrashib, hamkorlikda to‘liq metrajli animatsion film yaratish masalasini muhokama qilgan.
Hozirda Rob Minkoff muzokaralar yakuniy bosqichiga o‘tishga tayyor ekanini bildirgan. Loyiha nomi va tafsilotlari yaqin kunlarda e’lon qilinishi kutilmoqda.