Oʻzbekiston va Tojikiston yetakchilari strategik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqdi

Oʻzbekiston va Tojikiston yetakchilari strategik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqdi
  • 0
  • 27.03.2026 16:38:00
  • 1 min read

26-mart kuni Toshkentda Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon ishtirokida Oliy davlatlararo kengashning birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, savdo hajmini oshirish va yangi qoʻshma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar savdo aylanmasini 2030-yilga borib 2 milliard dollarga yetkazish, sanoat kooperatsiyasi, transport aloqalari, energetika va suv resurslari boʻyicha hamkorlikni kuchaytirishga kelishib oldi. Yigʻilish yakunida strategik sheriklikni kengaytirish boʻyicha qoʻshma bayonot hamda qator muhim hujjatlar imzolandi. Shuningdek, 10 ta yirik qoʻshma loyiha ishga tushirildi. Tashrif doirasida Tojikiston elchixonasining yangi binosi ochildi va ikki mamlakat san’atkorlari ishtirokida konsert dasturi oʻtkazildi.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News