Toshkentda “HORECA EXPO UZBEKISTAN 2025” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda

Toshkentda “HORECA EXPO UZBEKISTAN 2025” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda
  • 4
  • 22.10.2025 13:23:00
  • 1 min read

21–23-oktabr kunlari soat 10:00 da Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” aksiyadorlik jamiyatining 3-pavilonida “HORECA EXPO UZBEKISTAN 2025” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur tadbir mehmondo‘stlik va restoran biznesi yo‘nalishlariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda O‘zbekiston hamda xorijiy mamlakatlardan soha vakillari, ishlab chiqaruvchilar, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar, restoran va mehmonxona egalari ishtirok etishmoqda. Ko‘rgazma davomida ishtirokchilar mehmondo‘stlik industriyasidagi mavjud tendensiyalar, xizmat ko‘rsatish madaniyati va yangi texnologiyalar bilan tanishmoqdalar.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News