Andijonda buzdirilgan tandirlarning puli hokim tomonidan to‘lab berildi

Andijonda buzdirilgan tandirlarning puli hokim tomonidan to‘lab berildi
  • 4
  • 08.12.2025 09:41:00
  • 1 min read

Andijon viloyati, Shahrixon tumanida ekologik reyd davomida buzilgan tandirning qiymati tuman hokimi Hikmatillo Dadaxonov tomonidan o‘z cho‘ntagidan to‘lab berildi. Reyd chog‘ida hokimning ko‘rsatmasi bilan tandirlar havo ifloslanishiga sabab bo‘layotgan obyektlar qatoriga kirgani uchun buzib tashlangandi. Hokimlik tarqatgan videoda uch turli ko‘rinishdagi tandir buzilgani ko‘rsatilgan, ammo bu tasvirlar keyinchalik o‘chirib yuborilgan va ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘lgan. Hodisa ortidan tuman hokimiga intizomiy jazo sifatida hayfsan berilgan.
Biznes ombudsman tadbirkorlarning mulkiy huquqlarini himoya qilishga chaqirgan.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News