
- 1
- 14.04.2026 15:47:00
- 1 min read
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning “hamma tonnalab shakar yeyapti” degan so‘zlari ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Viloyat hokimligi matbuot kotibi Murodbek Davlatovning ma’lum qilishicha, ushbu video 11-aprel kuni o‘tkazilgan yig‘ilishdan olingan bo‘lib, hokim yig‘ilishda shakar o‘rniga asal va tabiiy mahsulotlardan ko‘proq foydalanishni tavsiya qilgan. Uning fikrlari umumiy kontekstdan uzib olinib, noto‘g‘ri talqin qilingan.
Bu tavsiyalar aholi, ayniqsa bolalar, bemorlar va harbiylarning sog‘lom ovqatlanishini yaxshilash, shuningdek hududda ishlab chiqarilayotgan asal va tabiiy mahsulotlardan samarali foydalanish maqsadida bildirilgan.