
- 3
- 27.12.2025 14:16:00
- 1 min read
Ganada o‘zini payg‘ambar deb e’lon qilgan, 25-dekabrda dunyo suv toshqinida vayron bo‘lishini aytgan erkak, endi bu falokat kechiktirilganini ma’lum qildi. U hatto o‘zini “Nuh” deb atab, kemalar qurdirib, xayriya yig‘gan. Erkak izdoshlariga duosi qabul bo‘lganligi sabab qiyomat kechiktirilgani haqida aytgan. Keyinchalik esa u yig‘ilgan mablag‘ bilan yangi Mercedes sotib olgani haqida xabarlar chiqqan. Mazkur holat ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lib, ko‘plab foydalanuvchilar bu voqeani firibgarlik deb baholamoqda.