
- 0
- 14.02.2026 15:25:00
- 1 min read
Ijtimoiy tarmoqlarda Ruminiya qishloqlarida tasvirga olingan bo‘ri va qo‘zichoqning yonma-yon yurishi barchani hayratga soldi. Chunki bu ikki jonzotning biri ovchi, biri esa xo‘rakdir. Kichkina qo‘zichoq tabiatning shavqatsiz qoidalaridan bexabar bo‘lgandek, masumiyligi bilan bo‘ri unga zarar yetkazmasligiga ishonadi. Albatta, tabiatning beshavqat qoidalarida ham shunday hayratlanarli muhabbat bor.