O‘zbekistonda o‘lat bo‘yicha epidemiologik vaziyat barqaror

O‘zbekistonda o‘lat bo‘yicha epidemiologik vaziyat barqaror
  • 13
  • 07.10.2026 15:54:00
  • 1 min read

O‘zbekistonda o‘lat kasalligi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqaror. Bu haqda Sanepidqo‘m raisining birinchi o‘rinbosari Nurmat Otabekov ma’lum qildi.
Uning aytishicha, mamlakatda o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish uchun zarur choralar ko‘rilgan. Xususan, xalqaro aeroportlar, temiryo‘l stansiyalari va avtomobil yo‘llarida 53 ta sanitariya nazorat punkti faoliyat yuritmoqda. Ular orqali mamlakatga kirib kelayotgan shaxslar tibbiy kuzatuvdan o‘tkaziladi.
Shuningdek, hududiy laboratoriyalar o‘lat kabi xavfli infeksiyalarni aniqlash uchun zarur vositalar bilan ta’minlangan.
Nurmat Otabekov aholida xavotirga sabab yo‘qligini va vaziyat barqaror ekanini ta’kidladi.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News