Xudoyorxon o‘rdasidagi tadbir ortidan direktorga hayfsan berildi

Xudoyorxon o‘rdasidagi tadbir ortidan direktorga hayfsan berildi
  • 15
  • 06.10.2026 16:03:00
  • 1 min read

Qo‘qondagi Xudoyorxon o‘rdasi hududida Madaniy meros agentligi bilan kelishilmagan holda ko‘ngilochar tadbir o‘tkazilgani sabab muzey-qo‘riqxona direktori M. Mavlonqulovga hayfsan berildi.
3-oktabr kuni o‘rda hovlisida bir guruh ayollar ishtirokida “Chopon pati” tadbiri o‘tkazilgan. Tadbir videolari ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, Madaniy meros agentligi holatni o‘rgangan.
Agentlikka ko‘ra, davlat muzeylari va muzey-qo‘riqxonalarida o‘tkaziladigan tadbirlar belgilangan tartibda agentlik bilan kelishilishi kerak. Xudoyorxon o‘rdasi esa madaniy meros obyekti hisoblanadi va uning tarixiy qiyofasi hamda muhofaza talablariga rioya etilishi lozim. Shu sabab direktorga xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmagani uchun Mehnat kodeksiga asosan hayfsan intizomiy jazosi qo‘llangan.
Agentlik kelgusida madaniy meros obyektlari hududida tadbirlar o‘tkazilishi ustidan nazorat kuchaytirilishini ma’lum qildi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News