
- 2
- 29.10.2025 12:53:00
- 1 min read
CASIA.UZ jamoasi bu safar Turizm qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan press-tur doirasida Namangandagi qadimiy Axsikent muzey-shahriga tashrif buyurdi.
Axsikent — o‘z vaqtida Farg‘ona vodiysining yuragi, IX–X asrlarda esa uning poytaxti bo‘lgan. Bu yerda o‘sha davrga oid madaniyat, hunarmandchilik va savdo rivojlangan, shahar ipak yo‘lining muhim markazlaridan biri sifatida tanilgan.
Biroq 1621-yilda sodir bo‘lgan kuchli zilzila natijasida Axsikent butunlay vayron bo‘lgan. Shahar xarobalari asrlar davomida yer ostida saqlanib qolgan va hozirda u O‘zbekiston tarixining eng muhim arxeologik yodgorliklaridan biri sifatida o‘rganilmoqda.