
- 0
- 12.06.2026 15:10:00
- 1 min read
Tailand qirolining katta qizi, malika Bajrakitiyabha Narendira Debyavati 47 yoshida vafot etdi. U 2022-yil dekabrida yurak bilan bog‘liq kasallik sabab hushini yo‘qotib, komaga tushgan va shundan so‘ng qayta hushiga kelmagan.
Bajrakitiyabha huquqshunos sifatida faoliyat yuritgan, BMT va Tailand prokuratura tizimida ishlagan hamda turli diplomatik va harbiy lavozimlarda xizmat qilgan. U Tailand qirolining taxt vorisi bo‘lish huquqiga ega bo‘lgan uch farzandidan biri edi.