
- 4
- 10.01.2023 08:40:00
- 1 min read
Tesla bir vaqtning o‘zida bir nechta gadjetlarni quvvatlantirish uchun simsiz zaryadlovchi platformasini taqdim etdi. Foydalanuvchilar qurilma bekor qilingan Apple Air Power o‘rnini bosishi mumkinligini aytishmoqda.
Qurilmani Tesla brend do‘konlaridan $300 ga buyurtma qilish mumkin. Tesla'ning yangi mahsuloti bir vaqtning o‘zida uchta gadjetni 15 vatt bilan quvvatlantiradi. Shunigdek, qurilma Free Power texnologiyasi bilan jihozlangan. Ya’ni, gadjetlar platformaning istalgan joyidan quvvatlanadi. Jihoz qutisida zaryadlovchi qurilma, USB-C kabeli, 65 vattli adapter va magnitli stend kiradi. Foydalanuvchilar 2023-yil fevralidan buyurtmalarni qabul qilishi kutilmoqda.