
- 0
- 22.12.2025 09:48:00
- 1 min read
Energetika vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 22-dekabrdan boshlab mamlakat bo‘ylab metan yoqilg‘isi quyish shoxobchalari odatdagi tartibda faoliyatini davom ettiradi. Xususan, 22-dekabr kuni soat 10:00 dan 16:00 gacha zapravkalar cheklovlarsiz ishlaydi.
Avvalroq tabiiy gaz bosimini barqaror saqlash, xususan, aholi uy-joylari va ijtimoiy obyektlarda gaz ta’minotida uzilishlarning oldini olish maqsadida metan zapravkalar faoliyatiga vaqtinchalik cheklovlar joriy etilgandi.