
- 0
- 11.12.2025 15:50:00
- 1 min read
Energetika vazirligining xabariga ko‘ra, qo‘shni davlatdagi gaz tarmog‘idagi texnik nosozlik sababli import qilinayotgan tabiiy gaz qisqargan. Shu bois, birinchi navbatda aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarini barqaror ta’minlash maqsadida metan zapravkalar faoliyatiga vaqtincha cheklovlar joriy etilmoqda. Vazirlik ta’kidlashicha, bu choralar vaqtinchalik bo‘lib, gaz bosimini me’yorga keltirish ishlari davom etmoqda.