Telegram yangilandi. Endi “Hikoyalar”da yulduzlar ko‘rinishidagi donatlar bilan strim qilish mumkin.

Telegram yangilandi. Endi “Hikoyalar”da yulduzlar ko‘rinishidagi donatlar bilan strim qilish mumkin.
  • 1
  • 15.11.2025 10:56:00
  • 1 min read

Bundan tashqari: 🪐 Yangi sovg‘alarni auksion orqali sotish mumkin. 🪐 Chatlar, kanallar va botlarda takrorlanuvchi xabarlar yaratish hamda ularni har kuni, hafta, oy yoki yil bo‘yicha avtomatik tarzda qaytarish mumkin. 🪐 iOS’da endi kontaktni telefon kitobiga qo‘shmasdan faqat Telegram’ning o‘ziga saqlash imkoniyati paydo bo‘ldi. 🪐 Maxfiylik sozlamalarida “Musiqa” bo‘limi qo‘shildi — profilingizda kim qo‘shiqlaringizni ko‘rishini belgilashingiz mumkin. 🪐 Dizaynda kichik o‘zgarishlar qilindi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News