2024-yilda Telegram $1 mlrd daromad qildi

2024-yilda Telegram $1 mlrd daromad qildi
  • 21
  • 24.12.2024 14:29:00
  • 1 min read

Telegram asoschisi Pavel Durov tarmoqda joriy qilingan monetizatsiya ortidan messenjer ilk marta yilni daromad bilan yakunlayotganini aytdi. 2024-yilda Telegram Premium obunachilari soni uch barobar koʻpayib — 12 milliondan oshgan.
“Natijada, 2024-yilda Telegramʼning umumiy daromadi 1 milliard dollardan oshdi va kripto-aktivlarni hisobga olmaganda, yilni 500 million dollardan ortiq naqd pul zaxirasi bilan yakunlaymiz”, — Durov. 
Shuningdek, Telegram 4 yil davomida olgan 2 mlrd dollarlik qarzlarini katta qismini uzgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News