
- 2
- 11.04.2026 13:18:00
- 1 min read
Rossiyada Telegram foydalanuvchilari keng ko‘lamli nosozliklar va cheklovlar kuchayganini bildirmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi kunlarda messenjer ishlashida jiddiy uzilishlar kuzatilgan, shikoyatlar soni esa keskin oshib, minglab foydalanuvchilarga yetgan.
Eng ko‘p muammolar Moskva va Sankt-Peterburgda qayd etilgan: foydalanuvchilar xabar yubora olmaslik va ilovaning umuman yuklanmasligidan shikoyat qilmoqda.
Turli monitoring servislariga ko‘ra, Telegram trafigida katta anomaliyalar kuzatilgan bo‘lib, bu so‘nggi davrdagi eng kuchli cheklovlardan biri sifatida baholanmoqda. DownDetector ma’lumotlariga ko‘ra, messenjer trafigidagi tarmoq uzilishlari ulushi 95 foizga yetgan. Shu bilan birga, WhatsApp va Signal kabi messenjerlarda ham qisman uzilishlar qayd etilgan.
Rasmiy izohlarga ko‘ra, cheklovlar firibgarlik va noqonuniy faoliyatga qarshi choralar bilan bog‘liq. Shu fonida Rossiyada milliy messenjerlarni rivojlantirishga ham e’tibor kuchaygani aytilmoqda.
Fevral oyi oxirida Durov Rossiyada unga nisbatan “terrorizmga ko‘maklashish” moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilganini aytgandi. Umuman olganda, Rossiyada Telegram ishlashi jiddiy darajada cheklangan va foydalanuvchilar uchun barqarorlik pasaygan.