
- 0
- 04.02.2026 16:29:00
- 1 min read
Ufada maktabga hujum qilgan 9-sinf o‘quvchisi hech kimga zarar yetkazmoqchi bo‘lmaganini, faqat qo‘rqitmoqchi bo‘lganini aytdi. U dars vaqtida straykbol quroli bilan otishma uyushtirgan. O‘smir o‘qituvchi va bir nechta sinfdoshlariga qarata o‘q uzgan, shuningdek, maktab yo‘laklarida petardalar portlatgan. Otishma vaqtida 56 yoshli sinf rahbari yengil jarohat olgan, boshqa jabrlanganlar yo‘q. O‘quvchi qarshiliksiz qo‘lga olingan. Tekshiruv davomida uning yonidan pichoq ham topilgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 15 yoshli o‘smir hujumga bir necha hafta tayyorgarlik ko‘rgan. U bu hujumni sinfdoshlari tomonidan bosimni his qilgani sabab qo‘rqitish va o‘zini himoyalay olishini ko‘rsatish maqsadida qilganini aytgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, jumladan, mas’ul shaxslarning ehtiyotsizligi ham tekshirilmoqda.