Ruxsatsiz mashina haydab YTH sodir etgan o‘smir

Ruxsatsiz mashina haydab YTH sodir etgan o‘smir
  • 0
  • 02.02.2026 15:09:00
  • 1 min read

Toshkentning Bektemir tumanida 15 yoshli o‘smir haydovchilik guvohnomasisiz Spark avtomobilini boshqarib, bolalar maydonchasidagi ayvonchaga urildi. Ma’lum bo‘lishicha, u mashinani xolasidan ruxsatsiz olib chiqqan. Hodisa maktab va bog‘chalar yaqinida sodir bo‘lgan. Yaxshiyamki, voqea paytida ayvoncha ichida hech kim bo‘lmagan. Avtomobil shikastlangan va jarima maydonchasiga olib ketilgan. O‘smirning ota-onasiga nisbatan bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News