
- 17
- 08.10.2026 11:26:00
- 1 min read
Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida texnikumning ishlab chiqarish ta’lim ustasi voyaga yetmagan o‘quvchi qizga shahvoniy shilqimlik qildi. Qayd etilishicha, mazkur hodisa 25-sentabr kuni texnikum hududida sodir bo‘lgan. Erkak fizika darsi vaqtida o‘ziga biriktirilgan guruhda tahsil oluvchi voyaga yetmagan qizni o‘qituvchidan ruxsat olib, auditoriyadan olib chiqqan. Kafedra xonasida u qizni o‘ziga tortib, shahvoniy tusdagi harakatlar qilgan. O‘quvchi qarshilik ko‘rsatib, xonadan chiqib ketgan.
Shundan so‘ng, erkak qizga yana qo‘ng‘iroq qilib, sportzalga kelishini so‘ragan. O‘quvchi u yerga borgach, xodim yana shilqimlik qilgan. Qiz telefon qo‘ng‘irog‘i bo‘lgan paytda xonadan chiqib qochgan. O‘quvchi voqea haqida dastlab hech kimga aytmagan. Keyinchalik texnikum direktoriga hodisani ma’lum qilgan.
Sudda erkak qizni darsdan olib chiqqanini tan olgan, biroq shahvoniy harakatlar qilganini rad etgan. Sud uni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan shahvoniy shilqimlik qilish huquqbuzarligini sodir etgan deb topib, 5 sutkaga ma’muriy qamoq jazosi tayinlagan.
manba: @daryo