
- 6
- 28.09.2026 16:40:00
- 1 min read
Turkiyaning Osmaniye shahridagi Farabiy Anadolu litseyi hovlisida adabiyot fani o‘qituvchisi Mehmet Bilgili otib o‘ldirildi. 28-sentabr kuni A.B. ismli shaxs maktabga amakisi Mehmet Bilgilini ko‘rish uchun kelgan. Ular o‘rtasida avvaldan adovat bo‘lgani aytilmoqda. Maktab hovlisida yuzaga kelgan tortishuvdan so‘ng A.B. amakisiga ruxsatsiz to‘pponchadan o‘q uzgan. Og‘ir yaralangan o‘qituvchi shifoxonaga olib ketilgan, biroq shifokorlar uning hayotini saqlab qola olmagan.
Hodisa ortidan A.B. qo‘lida jinoyatda ishlatilgani taxmin qilinayotgan qurol bilan qo‘lga olinib, hibsga olingan. Voqea yuzasidan tergov davom etmoqda.