Endi soliq to‘lashdan qochganlar qamalishi mumkin

Endi soliq to‘lashdan qochganlar qamalishi mumkin
  • 0
  • 20.04.2026 17:49:00
  • 1 min read

19-iyuldan kuchga kiradigan qonunga ko‘ra, soliqlarni yashirish, kamaytirib ko‘rsatish yoki to‘lamaslik uchun javobgarlik choralari kuchaytirildi.

❗️Soliq yoki daromadni yashirish, kamaytirib ko‘rsatish uchun jarimalar oshirildi:

🔹 fuqarolar uchun: taxminan 6 mln – 10 mln so‘m
🔹 mansabdorlar uchun: taxminan 10 mln – 20 mln so‘m
🔹 Katta miqdorda yashirish bo‘lsa, jarimalar yanada yuqori bo‘ladi (41 mln so‘mdan 247 mln so‘mgacha).

❗️Soliqni qasddan to‘lamaslik yoki yashirish holatlarida:

🔹 jarima
🔹 axloq tuzatish ishlari
🔹 ozodlikni cheklash (1–5 yilgacha)
🔹 ozodlikdan mahrum qilish (1–7 yilgacha)

❗️Eng og‘ir holatda (juda katta miqdor):

🔹 5–7 yilgacha qamoq jazosi qo‘llanishi mumkin.

Shu bilan birga, agar shaxs soliqlarni va yetkazilgan zararni to‘liq qoplasa, ayrim hollarda jinoiy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News