Toshkent yo‘l harakati yagona markaz orqali boshqariladi — tirbandlik 40% gacha kamayishi kutilmoqda

Toshkent yo‘l harakati yagona markaz orqali boshqariladi — tirbandlik 40% gacha kamayishi kutilmoqda
  • 0
  • 04.12.2025 13:33:00
  • 1 min read

Toshkent hokimi Shavkat Umurzakovning ta’kidlashicha, poytaxtda yo‘l infratuzilmasini boshqarish bo‘yicha yagona markaz tashkil etiladi. Hozir turli idoralar tomonidan nazorat qilinayotgan yo‘l tizimi tirbandliklarning asosiy sabablaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Hokimning aytishicha, Toshkent yo‘llari 400 ming avtomobilga mo‘ljallangan bo‘lsa-da, bugun shaharda 1 milliondan ortiq mashina harakatlanmoqda. Yangi markaz yo‘l harakati bo‘yicha master-reja ishlab chiqadi, jamoat transporti va mikromobillik (velosiped, skuter) bo‘yicha qulay yo‘nalishlarni shakllantiradi. Loyiha to‘liq raqamlashtiriladi. Har bir yo‘lovchi mobil ilova orqali kerakli manzilga qaysi transportda va qancha vaqtda yetib borishini ko‘ra oladi. Ta’mirlash ishlari vaqtida esa muqobil yo‘l taklif qilinadi. Umurzakovga ko‘ra, tizim to‘liq ishga tushgach, tirbandliklar 30–40% gacha, zararli chiqindilar esa 15% gacha kamayadi.
Ushbu markaz 2025-yilda pilot tarzda ishga tushirilishi, 2030-yilgacha esa respublika miqyosida kengaytirilishi rejalashtirilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News