Toshkent metrosida yo‘lovchi sabab poyezd harakati to‘xtatildi

Toshkent metrosida yo‘lovchi sabab poyezd harakati to‘xtatildi
  • 0
  • 17.12.2025 09:26:00
  • 1 min read

16-dekabr kuni “Mustaqillik maydoni” bekatidan harakatlangan 16-sonli metro tarkibi yo‘lovchilardan biri poyezdga chiqishga ulgirmay, yopilgan eshiklarni qo‘llari bilan ochishga harakat qildi va mexanizmni buzdi. Mashinist nosozlikni bartaraf etishga harakat qilgan, ammo muammo takrorlangan va barcha yo‘lovchilar keyingi bekatga tushirilgan. Poyezd elektrodepoga olib ketilgan. 
“Toshkent metropoliteni” yo‘lovchilardan xavfsizlik qoidalariga rioya qilish va metro mulkiga ziyon yetkazmaslikni so‘radi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News