
- 3
- 15.06.2026 17:55:00
- 1 min read
Toshkent xalqaro investitsiya forumi 16–18-iyun kunlari o‘tkazilib, yubiley 5-TIIF 2026 rasmiy homiylarini taqdim etadi. Forumda dunyoning turli mamlakatlaridan investorlar, xalqaro biznes vakillari, moliya institutlari hamda davlat tashkilotlari vakillari qatnashadi. Qayd etilishicha, TIIF 2026’ning Platinum homiylari qatoridan ACWA Power, Vision Invest, Wildberries hamda Uzum o‘rin olgan. Ushbu kompaniyalar energetika, elektron tijorat, raqamli iqtisodiyot va investitsiyalar yo‘nalishidagi yirik loyihalarda faol ishtirok etmoqda.
Forumning Gold homiylari sifatida esa, NRG BI Group, OTP Bank Uzbekistan hamda UET Group qatnashishi rejalashtirilgan. Ularning ishtiroki moliyaviy infratuzilma, investitsion konsalting va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlariga investorlar qiziqishi ortmoqda. Shuningdek, AMEA Power va Cengiz Energy forumning Silver homiylari sifatida ishtirok etadi. Mutaxassislarning fikricha, forum xalqaro hamkorlikni kengaytirish, yangi investitsion tashabbuslarni ilgari surish va istiqbolli loyihalarni muhokama qilish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qiladi.