
- 0
- 29.04.2026 12:08:00
- 1 min read
Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining sobiq raisi Qamchibek Tashiyev davlat to‘ntarishiga urinishda ayblanmoqda. Bu haqda “24.kg” nashri advokat Sherdor Abdiqaparovga tayanib xabar berdi.
Shuningdek, sobiq deputat Kurmankul Zulushev va Jogorku Keneshning sobiq raisi Nurlanbek Turg‘unbek o‘g‘li ham ushbu ish doirasida ayblovga tortilgan. Ularga ommaviy tartibsizliklarni tashkil etish va davlat to‘ntarishiga urinish bilan bog‘liq og‘ir moddalarda ayblov qo‘yilgan.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ish “75 maktub” deb atalgan murojaat bilan bog‘liq bo‘lib, unda muddatidan oldin prezidentlik saylovlari o‘tkazish so‘ralgan. Keyinchalik bu murojaat atrofida jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgan.
Avvalroq Qirg‘iziston Jo‘qorg‘i Keneshi deputati Elvira Surabaldieva qozog‘istonlik jurnalist Nurseit Jilqishibayga bergan intervyusida Qamchibek Tashiyev davlat to‘ntarishiga urinishni tashkil etganlikda ayblanib, lavozimidan chetlatilganini ma’lum qilgandi.