Tanzila Norboyeva lavozimida qoldi

Tanzila Norboyeva lavozimida qoldi
  • 7
  • 22.11.2024 14:59:00
  • 1 min read

Bugun Oliy Majlis Senatining yangi chaqiriqdagi ilk majlisida Senat raisi va uning o‘rinbosarlarini saylash to‘g‘risidagi tashkiliy masala ko‘rib chiqildi va Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan Tanzila Norboyeva senat raisligiga qayta saylandi. Davlat rahbari Narboyevaning davlat va jamiyat boshqaruvidagi boy tajribasini qayd etib, bolalar huquqlarini ta’minlash va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vaziyat sezilarli yaxshilangani ta’kidladi.
Shuningdek, Senat raisining birinchi o‘rinbosari senator Sodiq Safoyev, Senat raisining o‘rinbosari senator Amanbay Orinbayev o‘z lavozimlarini saqlab qoldi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News