
- 0
- 02.12.2025 08:29:00
- 1 min read
Tayvaning Finlyandiyadagi elchisi Freddi Lim siyosatchilar bilan aloqani mustahkamlash uchun noodatiy yo‘l tanladi — ularga o‘zi ijro etadigan xevimetal konsertiga taklif yubordi. Natijada hatto avval diplomatik tadbirlarga bormagan siyosatchilar ham konsertga tashrif buyurdi. Lim konsert Tayvanning yangi diplomatik strategiyasining bir qismi ekanini va mamlakatlar o‘rtasida faqat oqilona qarorlar orqali emas, balki his-tuyg‘ular orqali ham ko‘prik qurishga yordam berganini ta’kidladi. Taklifnomalar siyosatchilarning shaxsiy qiziqishlari o‘rganilgach yuborilgan.
Konsert haqidagi xabar ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqalib, Tayvanning yangicha diplomatiya usuli sifatida e’tirof etildi.
Freddi Lim nafaqat Tayvanning Finlyandiyadagi elchisi, balki professional rok musiqachisi ham. U Chthonic guruhining a’zosi bo‘lib, bu guruh xevimetal janrida ijod qiladi.