Taftish.uz xodimlari tovlamachilik va firibgarlikda gumonlanib qo‘lga olindi

Taftish.uz xodimlari tovlamachilik va firibgarlikda gumonlanib qo‘lga olindi
  • 0
  • 16.01.2026 14:13:00
  • 1 min read

16-yanvar kuni Taftish.uz sayti xodimlari tovlamachilik va firibgarlikda gumonlanib, protsessual tartibda ushlangan, deb xabar berdi Toshkent shahar IIBB. Ushlanganlar orasida G‘ayrat Aberayev (1988-yilda tug‘ilgan), Azizjon Yuldashev (1992), Sardor Xamidov (2000), Marjona Eshquvvatova (2006) va Dilshod Nishonov (1998) bor. Hozirda ularning tuhmat va yolg‘on axborot tarqatish bilan bog‘liq jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda. Shuningdek, OAV yopilgani haqidagi xabarlar asossiz bo‘lib, ushbu nashr kundalik faoliyatini davom ettirayotgani va holat yuzasidan qo‘shimcha axborot berilishi ma’lum qilindi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News