
- 3
- 26.11.2025 16:40:00
- 1 min read
Xitoyning Shenjen shahrida joylashgan EngineAI kompaniyasi Pekinda o‘tkazilgan Jahon Robotlar Konferensiyasida yangi avlod humanoid roboti — T-800ni taqdim etdi. Ushbu robot odam bo‘yiga va vazniga yaqin bo‘lib, to‘liq hajmli inson shaklida yaratilgan.
T-800 jangovar robot sifatida e’lon qilindi. Sababi, kompaniya uni kelgusi yilda o‘tkaziladigan jang tadbirlarida sinovdan o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu jarayon robotning mustahkamligi, harakatchanligi va kuchga bardoshliligini baholashga xizmat qiladi. Keyinchalik esa texnologiya ishlab chiqarish korxonalari va xizmat ko‘rsatish sohalariga tatbiq etilishi kutilmoqda.