Sunʼiy intellektga özbek tilini örgatiş uçun 6 mlrd sözli baza oçildi

Sunʼiy intellektga özbek tilini örgatiş uçun 6 mlrd sözli baza oçildi
  • 9
  • 20.11.2026 12:33:00
  • 1 min read

Raqamli texnologiyalar vazirligi bergan maʼlumotlarga köra, özbek tilidagi 5,6 million hujjat va 6 milliardga yaqin sözni öz içiga olgan yirik matnli maʼlumotlar korpusi yaratilib, Hugging Face platformasida oçiq foydalaniş uçun joylaştirildi.
Mazkur loyiha Şavkat Mirziyoyevning 2025-yil 21-oktyabrdagi yiğilişda sunʼiy intellekt dasturlarining özbek tilini mukammal tuşunişini taʼminlaş böyiça bergan topşiriği asosida amalga oşirildi.
Korpus özbek tilining lotin va kirill yozuvlaridagi matnlarni qamrab oladi. Unga kitoblar, gazeta va arxiv materiallari, qonunçilik hujjatlari, Vikipediya maqolalari, veb-sahifalar hamda oçiq Telegram postlari kiritilgan
Töplangan maʼlumotlar maxsus qayta işlanib, sifati böyiça saralangan va mavzular kesimida tasniflangan. Şaxsiy maʼlumotlar esa maxsus belgilar bilan almaştirilgan.
Loyihadan közlangan asosiy maqsad sunʼiy intellekt modellarining özbek tilini tuşuniş, qayta işlaş va sifatli matn yaratiş imkoniyatlarini kengaytirişdan iborat.
Hozirda vazirlik uşbu maʼlumotlar bazasini yetakçi sunʼiy intellekt işlab çiquvçilariga taqdim etiş ustida işlamoqda. Xususan, Qwen modeli bilan hamkorlik boşlangan.
Maʼlumotlar bazasi kelgusida özbek tilida işlaydigan sunʼiy intellekt tizimlarini rivojlantirişga xizmat qilişi kutilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News