
- 5
- 22.04.2026 18:19:00
- 1 min read
Masalliqlar:
1 dona o‘rtacha kattalikdagi karam
300 gr mol go‘shti qiymasi
1 stakan guruch
1 stakan bulg‘ur
1 stakan zaytun yog‘i
2 dona o‘rtacha piyoz
1,5 osh qoshiq tomat
1 osh qoshiq achchiq qalampir pastasi
biroz petrushka va yalpiz
1 dona yashil achchiq qalampir (ixtiyoriy)
3 dona sarimsoq
2 osh qoshiq anor siropi
Tayyorlanishi:
Karam avval bir xil o‘lchamda kesilib, qaynayotgan suvga 3–4 daqiqa qaynatiladi. So‘ng, sovuq suvdan o‘tkazilib, suzgichga olinadi. Qiymaga mayda to‘g‘ralgan piyoz, yuvilgan guruch, bulg‘ur, pomidor va qalampir pastasi, mayda to‘g‘ralgan sarimsoq, anor siropi, petrushka, yashil achchiq qalampir, qizil qalampir, qora murch, yalpiz va tuz qo‘shilib yaxshilab aralashtiriladi. Keyin har bir karam bargiga taxminan 1 qoshiqcha qiyma solinadi va rulet shaklida o‘ralib qozonga teriladi. Sousi uchun 2 stakan issiq suvga yarim choy stakan zaytun yog‘i qo‘shiladi (xohlasangiz 2 dona sarimsoqni ham qirg‘ichdan o‘tkazib qo‘shishingiz mumkin). Va 1 osh qoshiq tomat, tuz va ziravorlar solib aralashtiriladi. Tayyorlangan sous do‘lmalar ustidan quyiladi va juda past olovda suvi shimilguncha yaxshilab pishiriladi. Ta’bga ko‘ra, do‘lmalarni qatiq bilan dasturxonga tortishingiz mumkin.
Yoqimli ishtaha! ❤