
- 1
- 12.01.2026 13:08:00
- 1 min read
Endilikda talabalar o‘qish davomida ish joyini oldindan band qilib, bitirgach darhol ishga joylashish imkoniga ega bo‘ladi. Hukumatning yangi nizomiga ko‘ra, bakalavriat 2‑kurs va undan yuqori talabalari o‘qishni davom ettirayotgan paytda ish joyini oldindan band qilib qo‘yishi mumkin. Buning uchun talabalar oliy ta’lim muassasasi va buyurtmachi korxona bilan uch tomonlama shartnoma tuzadi. Shartnoma to‘lovi ish beruvchi hisobidan amalga oshiriladi. Talabalar o‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagach, ishga avtomatik qabul qilinadi. Shartnoma tuzgan buyurtmachi korxonalar 50 dan ortiq ishchi yoki kamida 1 million dollarlik loyiha egasi bo‘lishi kerak. Talabalar har yili 20‑sentabrgacha ariza topshiradi va GPA ko‘rsatkichi 3 va undan yuqori bo‘lishi shart. Saralash 15‑oktabrgacha suhbat orqali o‘tkaziladi, asosiy mezon — buyurtmachi xulosasi. Bitiruvchilarni ishga olgan tadbirkorlarga esa 5 mlrd so‘mgacha imtiyozli kreditlar ajratiladi.