Xorijiy tilda o‘qiganlarga magistraturaga kirishda til sertifikati talab qilinmaydi

Xorijiy tilda o‘qiganlarga magistraturaga kirishda til sertifikati talab qilinmaydi
  • 3
  • 13.04.2026 17:42:00
  • 1 min read

O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimiga oid yangi prezident farmoniga ko‘ra, magistratura va doktoranturaga qabul qilish tartibiga o‘zgartirish kiritildi. Endilikda ta’lim dasturini xorijiy tilda tugatgan talabalar magistraturaga kirishda til sertifikati topshirishdan ozod qilinadi.

Sertifikat talabi xorijiy tillar yo‘nalishida C1 darajada, aniq fanlar, biologiya, matematika, huquq, jurnalistika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va iqtisod kabi yoʻnalishlarda esa B2 darajada saqlanib qoladi.

Farmonga ko‘ra, oliy ta’lim tizimida yana bir qator yangiliklar ham joriy etiladi:

🔹 2027-yildan oliygohlar milliy reyting asosida moliyaviy rag‘batlantiriladi;
🔹 10 ta oliygohga “milliy tadqiqot universiteti” maqomi beriladi;
🔹 “Yangi O‘zbekiston stipendiyasi” orqali har yili 500 nafargacha xorijiy talaba grant va stipendiya bilan o‘qitiladi;
🔹 2026/2027 o‘quv yilidan xorijiy talabalarni qabul qilish “Study in Uzbekistan” platformasi orqali yo‘lga qo‘yiladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News