“Andijon polkasi” tadbiriga ketayotgan o‘quvchilar YTHga uchradi: bir bola vafot etdi

“Andijon polkasi” tadbiriga ketayotgan o‘quvchilar YTHga uchradi: bir bola vafot etdi
  • 1
  • 25.06.2026 17:48:00
  • 1 min read

Andijon viloyatining Asaka tumanida “Andijon polkasi” tadbiriga ketayotgan bir guruh maktab o‘quvchilari yo‘l-transport hodisasiga uchradi.
Ma’lum bo‘lishicha, 23-iyun kuni o‘quvchilar o‘zboshimchalik bilan Damas avtomobilida yo‘lga chiqqan va transport vositasi ZIL yuk mashinasi bilan to‘qnashgan. Oqibatda bir nafar o‘quvchi shifoxonada vafot etgan. Qolgan o‘quvchilarga tibbiy yordam ko‘rsatilgan bo‘lib, ularning holati yaxshi ekani aytilmoqda.
Hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijonda “Andijon polkasi” raqsi bir vaqtning o‘zida 20 ming nafar ishtirokchi tomonidan ijro etilib, Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgandi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News