Forma kiymagan va kech qolgan talabalar darsga kiritilmadi

Forma kiymagan va kech qolgan talabalar darsga kiritilmadi
  • 0
  • 17.02.2026 09:22:00
  • 1 min read

Ijtimoiy tarmoqlarda forma kiymagani sabab darsga kiritilmagan talabaning videosi keng tarqaldi. Talabaning aytishicha, 16-fevral kuni O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida forma kiymagan va darsga kech qolgan qariyb 100 nafar talaba mashg‘ulotlarga qo‘yilmagan. Talaba, shuningdek, bunday holatlar kredit to‘lashga sabab bo‘lib, qo‘shimcha xarajatlarga olib kelayotganini aytgan. Vaziyat yuzasidan O‘zJOKU dekani Oysha Zokirova ichki tartib va akademik muhitga rioya qilish muhimligini ta’kidladi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot kotibi Nazokat Abduqunduzova ayrim OTMlar ichki qoidalarni mustaqil belgilash huquqiga egaligini bildirdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News