
- 0
- 10.03.2026 07:58:00
- 1 min read
Sergelida o‘quvchilar kanalni quvur orqali kesib o‘tmoqda
Toshkent shahrining Sergeli tumanida o‘quvchilar Salar kanalini quvur orqali kesib o‘tayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.
Tuman hokimligi ma’lum qilishicha, holat “Yuqori Darxon” va “Jo‘nariq” mahallalari tutashgan hududda kuzatilgan. Shu yerda kanal ustidan o‘tuvchi ko‘prikni qayta qurish bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilingan. Qurilish ishlari yaqin 5–10 kun ichida boshlanishi rejalashtirilgan. Loyiha doirasida yangi ko‘prik qurish, piyodalar uchun alohida yo‘laklar tashkil etish hamda yo‘l qoplamasini ta’mirlash ko‘zda tutilgan.
Hokimlik fuqarolardan qurilish ishlari yakuniga qadar xavfsizlik qoidalariga amal qilishni, ota-onalardan esa bolalarni xavfli hududlarda qarovsiz qoldirmaslikni so‘radi.