Fransiyada o‘quvchilar norozilik namoyishi: 440 kishi hibsga olindi

Fransiyada o‘quvchilar norozilik namoyishi: 440 kishi hibsga olindi
  • 4
  • 30.09.2026 12:32:00
  • 1 min read

Fransiyada yuqori sinf o‘quvchilarining ta’lim sharoitlari, o‘qituvchi va resurslar yetishmasligiga qarshi noroziliklari davom etmoqda.
29-sentabr kuni mamlakat bo‘ylab 338 ta ta’lim muassasasida turli aksiyalar va blokadalar qayd etildi. Shundan 45 tasi to‘liq bloklangan.
Fransiya ichki ishlar vaziri Loran Nunesning ma’lum qilishicha, shu kuni 440 kishi hibsga olingan. Ularning aksariyati voyaga yetmaganlar bo‘lgan. Politsiyaning 48 nafar xodimi jarohatlangan, ta’lim tizimida esa kamida 10 nafar xodim va bir necha o‘quvchi jabrlangan.
Ayrim hududlarda namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuvlar, maktablarni bloklash va turli tartibsizliklar yuz bergan. Noroziliklarga universitet talabalari ham qo‘shilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News