Navoiyda Cobalt ishtirokidagi YTH: 9-sinf o‘quvchisi hayotdan ko‘z yumdi

Navoiyda Cobalt ishtirokidagi YTH: 9-sinf o‘quvchisi hayotdan ko‘z yumdi
  • 0
  • 28.04.2026 17:26:00
  • 1 min read

   Navoiy viloyati Karmana tumanida maktab o‘quvchilari boshqaruvidagi Cobalt avtohalokatga uchradi. Halokat 22-aprel kuni tumanning “Malik” mahallasida sodir bo‘lgan. Mashina  ichida Xazora qishlog‘i 22-umumta’lim maktabining ikki o‘quvchisi bo‘lgan.  Cobalt yo‘ldan chiqib ketib ayanchli ahvolga kelib qolgan.

 

    Aniqlanishicha, mashina shifoxonadagi o‘quvchining otasiga tegishli bo‘lgan. Biroq u rulni sherigiga berganini aytgan. Mashinani kim boshqarganini aniqlash uchun ekspertiza tayinlanishi mumkin.

 

YTH oqibatida 9-sinf o‘quvchisi I.H. shifoxonada vafot etgan. 11- sinf o‘quvchisi esa, tan jarohatlari tufayli shifoxonaga yotqizilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News