
- 0
- 06.02.2026 16:24:00
- 1 min read
Qozog‘iston G‘arbidagi Kulsari shahridagi maktabda 10-sinf o‘quvchisi sinfdoshlari bilan kelishmovchilikdan so‘ng ularga bolta bilan hujum qildi. Hodisa oqibatida ikki o‘quvchi yengil jarohat olgan. Hujumchi aniqlanib, hibsga olingan va vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan. Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi va o‘quvchining ota-onasi ma’muriy javobgarlikka tortildi.