
- 0
- 09.01.2026 10:48:00
- 1 min read
Turkiya bo‘ylab kuzatilgan kuchli bo‘ron bir qator shaharlarda hayotni izdan chiqardi. Shamol oqibatida tomlar uchdi, elektr tarmoqlari uzildi, harakatlanib ketayotgan yuk mashinalari ag‘darilib ketdi, kemalar va qayiqlar qirg‘oqqa chiqib qoldi. Devor qulab tushishi natijasida 22 yoshli yigit halok bo‘ldi. Kuchli to‘lqinlar sabab sohil hududlari suv ostida qoldi. Istanbulda shamol tezligi soatiga 80 km ga yetib, mayoq qulab tushdi, qayiqlar ag‘darildi.
Hukumat va favqulodda xizmatlar zarar ko‘rgan hududlarda bo‘ron oqibatlarini bartaraf etish ishlarini davom ettirmoqda.