
- 2
- 28.10.2025 16:26:00
- 1 min read
Turkiyaning Balikesir viloyatida 6,1 magnitudali zilzila yuz berdi. Yer silkinishi taxminan 6 km chuqurlikda qayd etilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bir nechta binolar shikastlanib, qulab tushgan, 22 kishi jarohat olgan. Ulardan 18 nafari birinchi tibbiy yordamdan so‘ng uyiga javob berilgan.
Hodisa ortidan 100 dan ortiq aftershoklar kuzatilgan.
Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an zilzila bilan bog‘liq jarayonni nazoratga oldi.