Qulupnayli tort🍓

Qulupnayli tort🍓
  • 17
  • 10.08.2026 08:53:00
  • 1 min read

Masalliqlar:
6 dona tuxum
150 gr shakar
1 qadoq vanillin
yarim qadoq razrixlitel
80 ml qaymoq
150 gr un

Qulupnay sousi uchun:
500 gr qulupnay
2 osh qoshiq vanilli shakar
1 osh qoshiq limon sharbati
4 osh qoshiq kraxmal

Kremi uchun:
500 gr mascarpone
300 ml suyuq qaymoq
200 gr oq shokolad
1 choy qoshiq vanil ekstrakti

Tayyorlanishi:
Birinchi tuxum oqi biroz-birozdan shakar qo‘shib, yaxshilab ko‘pirtiriladi. Sarig‘i esa alohida idishda vanilli shakar bilan ko‘pirtirilib, tuxum oqiga qo‘shiladi. So‘ng, oldindan biroz isitilgan suyuq qaymoq solinib, sekin aralashtiriladi. Oxirida elangan un va razrixlitel qo‘shilib, yana ehtiyotkorlik bilan aralashtiriladi. Xamir diametri 26 sm bo‘lgan qolipga quyiladi va oldindan 180°C gacha qizdirilgan pechda taxminan 20 daqiqa pishiriladi. Biskivit sovigacha, ikki qavatga bo‘linadi.
Qulupnay sousi uchun mayadalab to‘g‘ralgan qulupnaylar, vanilli shakar va limon sharbati bilan past olovda 10 daqiqa pishiriladi. Pishirish jarayonining oxirida ozroq suv bilan aralashtirilgan kraxmal qo‘shilib, sous quyuqlashguncha yana biroz qaynatiladi. Tayyor bo‘lgan qulupnay sousi blenderda maydalab olinadi.
Kremi uchun mascarpone ko‘pirtirilib, ustidan qaymoq qo‘shiladi. Keyin eritilgan oq shokolad va vanil ekstrakti solinib, bir xil massa hosil bo‘lguncha aralashtiriladi. Oxirida biskivitning orasiga birinchi qulupnay sousi, keyin krem surtiladi. Biskivitning ustiga ham krem surtilib, qulupnaylar bilan bezatiladi. Mazali qulupnayli tortimiz tayyor!

Yoqimli ishtaha❤🍷☕️

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News